
Sardor faoliyatini Frantsiyada davom ettirishi mumkin
"Bayer" hujumchisi Sardor Azmun faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Insayder Fabritso Romanoning xabariga ko‘ra, erondik futbolchi "Marsel" bilan muzokara o‘tkazmoqda. Klub shuningdek, hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun yana 2-3ta variantni ko‘rib chiqmoqda.
Ma’lumot uchun, Azmun Bundesligada 10 ta o‘yinda maydonga tushib, samarali harakat amalga oshirmagan.
Fikrlar