
Sanjar Fayziev Tailandda g‘alaba qozondi
Tailandning Nontxaburi shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan erkaklar o‘rtasida o‘tayotgan "Fyuchers" musobaqasining ilk davrasida keskin va murosasiz bahslar o‘tkazilmoqda
Unda hamyurtimiz Sanjar Fayziev italiyalik Emiliano Majioliniga qarshi kortga chiqdi. Ikki set davom etgan o‘yinda tennischimiz 6:2, 6:3 hisobida zafar quchdi
S.Fayzievning navbatdagi raqibi birozdan so‘ng aniqlanadi.
Fikrlar