Saneni urgan Mane "Bavariya"dan ketadimi?

  • 19 aprel, 2023, 13:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Sadio Mane "Bavariya"da qolishga va o‘zini ko‘rsatishga qaror qildi. Eslatib o‘tamiz, "Bavariya" 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan "Manchester Siti"ga qarshi Chempionlar ligasi o‘yinidan so‘ng, kiyim almashtirish xonasidagi mojaro vaqtida Mane jamoadoshi Leroy Sanening yuziga urgandi.

Tecno

Keyinchalik nemis grandi Sadioni sotmoqchi ekanligi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, “Bavariya” senegallik futbolchini 500 ming evro jarimaga ham tortdi.

Sky Sport Deutschland jurnalisti Florian Plettenbergning xabar berishicha, Mane "Bavariya"da qolmoqchi va myunxenliklar safida o‘zini ko‘rsatish niyatida. Futbolchining agentlari ham hozircha unga yangi jamoa izlashmayapti.

Ma’lumot uchun, 31 yoshli Mane joriy mavsum “Bavariya” safida 32 ta o‘yinda maydonga tushib 13 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!