
Sane "Chelsi" muxlislari uchun xushxabarni e’lon qildi
“Bavariya” klubi vingeri Leroy Sane “Bayer”dagi hamyurti Kay Xavertsning “Chelsi”ga o‘tganini tasdiqladi.
“Germaniyada hamisha yosh iste’dodli futbolchilar ko‘p bo‘lgan. Ularning aksariyati Bundesligada mahoratini oshirishga harakat qiladi. “Chelsi” Kay Xaverts va Timo Vernerni sotib olib zo‘r ish qildi”, - deya futbolchining so‘zlaridan parcha keltiradi Daily Star nashri.
Bundan avvalroq, Xavertts “Chelsi” bilan kelishuvga erishib bo‘lgani va London klubi bilan 5 yillik shartnoma imzolashi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar