Sane bir yildan so‘ng yana Bundesligada gol urdi

  • 28 oktabr, 2024, 12:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Myunxenning “Bavariya” klubi futbolchisi Leroy Sane Bundesligadagi uzoq kutilgan golini nishonladi.Kecha "Bavariya" Germaniya chempionatining 8-turi doirasida “Boxum”ni mag‘lub etdi – 5:0.

Tecno

Vensan Kompani jamoasida to‘rtinchi golni 65-daqiqada Leroy Sane kiritdi. E’tiborlisi, 28 yoshli futbolchi uchun bu Bundesligadagi so‘nggi bir yil ichida kiritgan ilk gol bo‘ldi. Germaniyalik futbolchi bundan avval so‘nggi marta Bundesligada 2023 yil 28 oktyabr kuni gol urgandi. O‘shanda u “Darmshtadt” bilan uchrashuvda (8:0) dubl qayd etgan. 

Eslatib o‘tamiz, Leroy Sane joriy mavsum "Boxum" bilan o‘yingacha ikki marta gol urdi. Ushbu gollarning har ikkalasi ham Chempionlar ligasi doirasida ("Real Madrid" va "Dinamo Zagreb" bilan o‘yinlarda) kiritildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!