"Inter" Sanchesni sotib olmaydi

  • 8 mart, 2020, 20:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsumni “Inter” safida ijarada o‘tkazayotgan “Manchester Yunayted” klubi forvardi Aleksis Sanches yozda yana Angliyaga qaytadigan bo‘ldi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra “neradzurrilar” 31 yoshli chililik futbolchini 20 mln evro evaziga sotib olish huquqidan foydalanishmoqchi emas.

Eslatib o‘tamiz, Sanches joriy mavsum “Inter” safida 14 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning mankunianliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar tuzilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!