Sanches Ekvadorga qarshi bahsda jarohat bilan harakat qilganini aytdi

  • 22 iyun, 2019, 12:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Chili terma jamoasi forvardi Aleksis Sanches bugun Amerika kubogi guruh bosqichining 2-turidan o‘rin olgan Ekvadorga (2:1) qarshi bahsda jarohat bilan o‘ynaganini aytdi.

Tecno

“Birinchi bo‘limda tovonimdan kichik jarohat oldim. Lekin, men terma jamoam uchun barcha narsaga tayyorman. Angliyada kam o‘ynadim, hozir esa o‘yindan zavq olayapman”, - deydi Sanches.

Eslatib o‘tamiz, Sanchesning 51-daqiqada kiritgan goli Chiliga muhim g‘alabani taqdim etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!