
Samvel Babayan: O‘z darvozamizdan alamli tarzda to‘p o‘tkazib yubordik
Osiyo Chempionlar ligasi nimchorak finalidan o‘rin olgan "Al-Ittihod" - "Navbahor" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda "lochinlar" 1:2 hisobida raqibga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Benzema 25-daqiqada avtogol muallifiga aylangan bo‘lsa, Hamidallah 45+6-daqiqada muvozanatni tikladi. 87-daqiqada Tabatadze "Navbahor"ning "qarzini uzdi".
Bellashuvdan so‘ng namanganliklar ustozi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashib o‘tdi:
- O‘yin yakunida o‘z darvozamizdan alamli tarzda to‘p o‘tkazib yubordik. Mag‘lubiyatni qabul qilish og‘ir. Raqibni g‘alaba bilan tabriklayman va “Al-Ittihod”ga OChLning keyingi bosqich o‘yinlarida omad tilayman. Shogirdlarimning o‘yinidan qoniqish hosil qildim, ular mardonavor tarzda kurashishdi. Keyingi mavsumda yanada kuchayib, natijamizni yaxshilashga va mazkur musobaqada uzoqroqqa borishga harakat qilamiz".
Fikrlar