
Saloh Saudiya klubi safiga o‘tsa, Ronaldudan ham ko‘proq pul ishlab topadi
Muhammad Saloh "Al-Ittihod"ga o‘tishni ko‘rib chiqishga tayyor.
"Ar-Riyadiah" xabariga ko‘ra, dastlab "Liverpul" vingerni sotishni rad etgan, ammo yaxshi taklif kelib tushgani sababli klub ehtimol transferni muhokama qilishga qarshi emas.
Misrlik futbolchining o‘zi mavsumni mersisaydliklar tarkibida o‘tkazishni rejalashtirgandi, biroq hozir u saudiyaliklarning taklifiga juda jiddiy qaramoqda.
"Relevo" xabariga ko‘ra, "Al-Ittihod" Salohga "Al-Nasr" ro‘yxatida Krishtianu Ronaldudan ko‘ra ko‘proq narsani taklif qilishga va Salohni ligadagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylantirishga tayyor. Shuningdek, Muhammadning o‘tish istagi uning diniy qarashlari bilan bog‘liqligi qayd etilgan.
Fikrlar