
Saloh Jerrardga yaqinlashib oldi
Muhammad Saloh “Aston Villa” - “Liverpul” uchrashuvining birinchi bo‘limida 1 ta gol urdi va 1 ta golga assistentlik qildi.
Shu tariqa, Saloh klub safida 50+ gol urgan va 50+ golli past bergan ikkinchi futbolchiga aylanib oldi (125 gol va 50 assist). “Liverpul” afsonasi Stiv Jerrard bu ko‘rsatkich bo‘yicha etakchilik qilmoqda. Uning hisobida 120 ta gol va 92 golli uzatma mavjud.
Eslatib o‘tamiz, ushbu o‘yinda misrlik forvard Premer Ligadagi 7-golini kiritdi.
Fikrlar