Saloh dam olmaydi

  • 8 fevral, 2022, 14:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Misr terma jamoasi hujumchisi Muhammad Saloh Afrika Millatlar kubogidan keyin ta’tilga chiqmasligi haqida "Liverpul"ni ogohlantirdi.

Tecno

The Times nashrining yozishicha, 29 yoshli futbolchi 8 fevraldan mashg‘ulotlarni boshlaydi va payshanba kuni “Lester”ga qarshi o‘yinda maydonga tushishni rejalashtirmoqda.

Bundan avval Saloh tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Klub uning uchun individual mashg‘ulot dasturini ishlab chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, Saloh Afrika kubogida barcha ettita o‘yinda qatnashdi. Misr terma jamoasi esa musobaqa finaliga etib bordi va u erda penaltilar seriyasida Senegalga imkoniyatni boy berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!