
Saka jarohati sabab Angliya terma jamoasi bazasini tark etdi
Londonning “Arsenal” klubi futbolchisi Bukayo Saka jarohati sabab Angliya terma jamoasi ba’zasini tark etdi. Bu haqda Angliya futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Shu tariqa, Bukayo Angliyaning Braziliya va Belgiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida yordam bera olmaydi. Qayd etilishicha, Saka terma jamoaga jarohat olib kelgan va to‘liq mashg‘ulot o‘tkaza olmagan. Endi u "Arsenal"ga qaytadi va u erda davolanadi. Murabbiylar shtabi 22 yoshli vingerning o‘rniga boshqa futbolchi chaqirishni rejalashtirmayapti.
Ma’lumot uchun, Sautgeyt shogirdlari 24 martda Braziliya bilan, 27 martda esa Belgiya bilan o‘ynaydi.
Fikrlar