
Saidjamshid Jafarovdan g‘alaba. Ettinchi finalchi
Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida jahon chempionati davom etmoqda. Bugun yarim final janglari bo‘lib o‘tmoqda.
-71 kg vazn toifasidagi Saidjamshid Jafarov braziliyalik Vanderson De-Oliveyra bilan ringga ko‘tariladi. Jang 19:30dan so‘ng boshlanadi.
Bokschilar ringga chiqib keldi. Hamyurtimiz qizil libosda, uning raqibi ko‘k formada harakat qiladi.
Ilk raundda Saidjamshid ustunlikka erishdi - 3:2
Ikkinchi raundda hamyurtimizning qo‘li baland keldi - 5:0.
Uchinchi raundda braziliyalik ustunllika erishdi - 2:3. Yakuniy hisob 4:1 Saidjamshidning foydasiga.
Shu tariqa, Saidjamshid Jafarov finalga yo‘l oldi. Bokschimiz kamida kumush medali va 100 ming dollarni qo‘lga kiritdi.
Fikrlar