
Saidjamshid Jafarov: Jahon chempionatiga hamma davlatdan eng yaxshilari keladi
Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida jahon chempionati davom etmoqda.
-71 kg vazn toifasida Saidjamshid Jafarov meksikalik Alonso Verde bilan ringga ko‘tarildi. Jangda hamyurtimiz 4:1 hisobida g‘alabaga erishdi.
Ushbu muvaffaqiyatdan so‘ng Saidjamshid Jafarov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Ikkinchi jangimni o‘tkazib oldim. Endi 9 may kuni ringga chiqaman. Janglar yaxshi ketyapti.
Jahon chempionatiga hamma davlatdan eng yaxshilari keladi. Bugun keyingi bosqichdagi raqibimning nomi aniq bo‘ladi. Bokschilarimizni qo‘llab turganlarga katta rahmat, deb qolaman, - dedi Saidjamshid Jafarov.
Fikrlar