Sabina Sharipova yarim finalda, Sanjar Fayzievga omad etishmadi

  • 8 aprel, 2021, 18:28
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Tennis
BEPUL PROPAN

Hamyurtimiz Sanjar Fayziev Turkiyadagi ITF tasnifiga kiruvchi musobaqada ishtirok etayotganligi haqida xabar bergan edik.

Gretsiyalik Markos Kalovelonis bilan tandem hosil qilgan vakilimiz chorak final bosqichidan o‘rin olgan uchrashuvni germaniyalik raketka ustalariga qarshi o‘tkazdi. 2 set davom etgan bahs Shmits - Xasan juftligining 6:4, 6:4 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Ammo xushxabar ham yo‘q emas. Sabina Sharipova "ITF Kazakhstan 03A" turnirining juftlik bellashuvlarida yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Rossiyalik Ekaterina Yashina bilan tandemda o‘ynagan Sabina Tatyana Nikolenko - Evialina Laskevichdan ustun keldi. Hozirgina yakuniga etgan uchrashuv 6:4, 3:6, 12:10 hisobida vakilimiz foydasiga hal bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!