
Rustam Ashurmatov: "Manchester Siti"dan ko‘proq narsa kutgandim, biroq..."
O‘zbekiston terma jamoasi va Qozonning "Rubin" klubi himoyachisi Chempionlar ligasi pley-off bosqichiga qura tashlash marosimi haqidagi savollarga javob berdi.
Qaysi jamoalar sizni hayron qoldirdi?
"Deyarli hech qaysi jamoa. Chunki plef-offda chiqishi kerak bo‘lgan barcha jamoalar shu bosqichda. "Manchester Siti"dan ko‘roq narsa kutgan edim. Lekin ular yakunda baribir pley-offga chiqdi", - dedi legionerimiz.
Ma’lumot uchun, qozonliklar ayni damda Turkiyada yig‘in o‘tkazmoqda. Ashurmatov ham yig‘inda ishtirok etmoqda.
Fikrlar