Ruslan Litvinov: "O‘zbekistonni o‘rganib chiqdik. Ertangi o‘yinda bor kuchimizni ishga solamiz"

  • 19 noyabr, 2022, 20:54
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Spartak" klubi va Rossiya terma jamoasi futbolchisi Ruslan Litvinov O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi bahs oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi. 

Tecno

- Ertangi o‘yin haqida fikrlaringiz...

 - "Odatdagidek tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz. Biz raqibni o‘rganib chiqdik. Ertaga o‘yinda bor kuchimizni ishga solamiz".

- Tojikiston bilan o‘yindan so‘ng mutaxassislar terma jamoangiz o‘yiniga salbiy baho berishdi. Bunga e’tibor qaratdingizmi?

- Biz yangiliklarni o‘qib borishga majbur emasmiz. Bizning o‘z vazifamiz bor. Ba’zida hammasi siz o‘ylagandek bo‘lavermaydi. Bu futbol.

- Faqat qo‘shni mamlakat jamoalari bilan o‘yin o‘tkazilmoqda. Shundan kelib chiqilsa, termada ichki muhit qanday?

- Kayfiyat normal. Hammasi ijobiy holatda. Biz uchun muhimi - xalqaro bahslarda ishtirok etish. Barchamiz shunga intilamiz.

Evropa jamoalari bilan o‘ynash imkoniyatidan mahrum edik. Lekin O‘rta Osiyoda ham yuqori darajadagi termalarga qarshi to‘p tepmoqdamiz. Bu erda ham futbolchilar top chempionatlarda harakat qiladi. Biz uchun eng asosiysi ko‘proq o‘yin o‘tkazish", - dedi "Spartak" futbolchisi.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston - Rossiya uchrashuvi ertaga 17:00 da boshlanadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!