Rudi Garsiya: Depayning maydondan chiqib ketgani "Benfika"ga ustunlik berdi

  • 6 noyabr, 2019, 14:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Lion" klubi bosh murabbiyi Rudi Garsiya kecha EChL guruh bosqichining 4-turidan o‘rin olgan "Benfika"ga (3:1) qarshi o‘yinda jarohat olgan Memfis Depayning holati haqida gapirib o‘tdi.

Tecno

“Depay sonida og‘riq his qilmoqda. Garchi u o‘yinni davom ettirishni xohlagan bo‘lsada, biz tavakkal qilishni istamadik. Balkim, uning maydondan chiqib ketgani “Benfika” futbolchilariga qo‘shimcha kuch bergandir, chunki biz etakchi futbolchimizsiz qolgan edik", - deydi Garsiya.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda “Lion” 7 ochko bilan “G” guruhida 2-o‘rinda bormoqda. Ular keyingi uchrashuvni 27 noyabr kuni “Zenit”ga qarshi o‘tkazishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!