
Ruben Diash: "G‘alaba qozonishga o‘rganib qolgan ekanmiz"
Ruben Diash Chempionlar ligasining 1-turida “Inter” bilan bahsda qayd etilgan durangga (0:0) izoh berdi.
"Kuchli raqibga qarshi keskin o‘yin o‘tdi. Biz ham g‘alaba qozonishga o‘rganib qolgan ekanmiz. Top-jamoani kutayotganimizni bilardik. Shuning uchun bunday o‘yin ko‘rsatganimiz yaxshi natija bermadi. Jamoa ajoyib o‘ynadi va gol urishga juda yaqin edik. Biz sodir bo‘lgan hamma narsani boricha qabul qilamiz va davom etamiz. Bu biz uchun yaxshi sinov bo‘ldi”, - dedi "Manchester Siti" himoyachisi.
Fikrlar