RPL. Oston O‘runov jamoasi quyi ligaga tushib ketishi mumkin edi. Biroq... (yakuniy jadval)

  • 21 may, 2022, 21:17
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya chempionati so‘nggi 30-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Unda hamyurtimiz to‘p tepadigan "Ufa" jamoasi safarda "Rubin"ni 2:1 hisobida taslim etdi.

Tecno

Uchrashuvda dastlab mezbonlar vakili Lisakovich hisobni ochgan bo‘lsa, mehmonlar bu golga Kamilov va Ortisning gollari bilan javob berdi. Shuningdek, 90+13-daqiqada Lisakovich juda muhim bo‘lgan penaltidan unumli foydalana olmadi. 

Shu tariqa, "Ufa" ochkolari sonini 30 taga etkazib olgan holda, jadvalda 14-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Klub endi o‘tish o‘yinida ishtirok etadi. 

Mag‘lubiyatga uchragan "Rubin" esa quyi ligaga yo‘l oladi. Jamoa 29 ochko bilan 15-pog‘onani band etdi. 

rpl

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Komil Habibulloh
21/05/2022 22:16
Urunovni baxtiga ohirida penaltini urolmadi Lisakovich, atak do'ppide...