RPL. Abbos Fayzullaev "Rubin" bilan kechgan bahsning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi! (Foto)

  • 21 oktabr, 2023, 18:42
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya premer ligasi 12-turidan o‘rin olgan "Rubin" - TsSKA bahi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv tomonlarning 0:0 hisobidagi durang natijasi bilan yakunlandi. 

Tecno

Abbos Fayzullaev mehmonlar tarkibida asosiy tarkibda o‘yinni boshladi. U o‘yinda dastlab darvoza ustunini nishonga olgandi. Keyinchalik legionerimiz hatto gol ham urdi. Biroq Fayzullaevga pas bergan sherigi ofsaydda qolib ketgani bois uning goli inobatga olinmadi.

Bellashuv yakuniga etgach, "Match Premer" ekspertlari Abbosga uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi uchun atalgan sovrinni taqdim etishdi.

Eslatib o‘tamiz, hamyurtimiz bundan oldin ham bir necha bor o‘yinlarda eng yaxshi, deya topilayotgandi. Sentyabrda futbolchi TsSKAning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lgan. 

abbos_2

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
21/10/2023 20:18
Офарин узбек углони.омадингни берсинХали европанинг энг кучли клублари уртасида талаш буласан Иншааллох..