Ro‘ziqul Berdiev: Raqiblarimiz bizga yuqori baho bermoqda

  • 26 iyun, 2020, 23:53
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

«Nima ham derdim?! Biz 20 ga yaqin imkoniyatlarni yaratdik. Biroq, oldingi bellashuvlarda ham ko‘zga tashlangan vaziyatlardan foydalanish muammosi echimsizligicha qolmoqda. Raqiblarimiz ham bizga yuqori baho berib, himoyaviy taktika ostida to‘p surishmoqda

Tecno

Mening fikrimcha, futbolchilar bugun yaxshi harakat qilishdi. Ammo sportda natija esda qoladi. Bizni durangchi jamoa bo‘lib qoldi, degan fikrlarga qo‘shilmayman. Ko‘rib turibsizlar, biz jon-jahdimiz bilan g‘alaba uchun harakat qilyapmiz, vaziyatlar yaratyapmiz, ammo yakuniy nuqtani qo‘yadigan futbolchi etishmayapti.

Dilshod Rahmatullaevning tajribasiga ishonib, maydonga tushirmoqdamiz. Faqat u pozitsion vazifasini ko‘p hollarda unutib, hujumga berilib ketyapti. Shu sababdan, uni erta zaxiraga olmoqdamiz. Stanoevichni bosh bilan kuchli o‘ynash qobiliyatini ko‘rmadim. Ammo jarima to‘plarini a’lo darajada amalga oshiradi».

"Buxoro" murabbiyi: Durang biz uchun yaxshi natija

Abramov ishtirokidagi qiziqarli matbuot anjumanini to‘liq shaklda o‘qishingiz mumkin

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Javlon Abdullaev
27/06/2020 07:22
Kuchli kamanda bolish uchun bunaqa kamandalarning liboyini yorish kerak himoyasiga qutag'im bularni