Ro‘ziqul Berdiev "Nasaf"ning eng asosiy kamchiligi, "Paxtakor", chempionatdagi raqobat va Ulug‘bek Baqoev haqida

  • 28 noyabr, 2019, 11:36
  • Bekzod Isayev
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 25-tur “So‘g‘diyona” – “Nasaf” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida Ro‘ziqul Berdiev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

- Bellashuv kurshlarga boy bo‘ldi. "So‘g‘diyona" jamoasi natija uchun harakat qildi. Ular asosan uzun uzatmalarga asoslanishdi. Yigitlarimiz esa raqibning uzatmalariga birinchi bo‘lib etib kelishga erishishdi. Lekin hisobda oldinga borayotgan bo‘lsak-da, raqibimiz ikkita vaziyatdan birini golga aylantirdi. Yana bir imkoniyatdan foydalana bilmadi. Mana shu vaziyatlarda e’tiborni yo‘qotdik. O‘ylashimcha, bellashuv duranga mos bo‘ldi. Lekin ikkala jamoadan biri g‘alabani ilib ketishi ham mumkin edi. Chunki ikkinchi taym boshida bizda ham yaxshi imkoniyatlar bo‘ldi. Umuman o‘yinlarda hujumdagi vaziyatlardan foydalanishda oqsayabmiz. Buni bugun o‘yinda ham “Paxtakor” bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ham guvohi bo‘ldinglar. Bu esa bugun bizning eng katta muammoimiz bo‘ldi. Biz qarshi hujumlarda bundan ham keskin harakat qilishimiz kerak edi. “So‘g‘diyona” jamoasi ko‘proq hujumga e’tibor berib o‘ynadi. Qarshi hujumda bo‘sh zonalar qoldirgan edi. Hujumchilarmiz esa bu imkoniyatlardan unumli foydalanishmadi.

Jamoaga Ulug‘bek Baqoev kelgandan so‘ng jamoaning harakteri ancha o‘sdi. Buni jamoa o‘ynlarida ham ko‘rishimiz mumkin. Ulug‘bek Baqoevni o‘zini ham yaxshi bilaman. Jamoaga harakter bera oladigan murabbiy. Bu esa jamoani ruhiy tayyorlashda ancha foyda berdi. Baqoev jamoaga kelgandan so‘ng “So‘g‘diyona” jamoasi jonlandi desak bo‘ladi. Jizzax jamoasi har bir o‘yinda kurashayabdi. Jamoa chiroyli, mazmunli o‘yin ko‘rsatmayotgandir ammo eng muhimi natija uchun harakat qilishini e’tiborga olsak jamoa ancha shakillandi.

Maydon sifati haqida gapiradigan bo‘lsak, yaxshi maydonlar bo‘lishi shart. Ko‘p joylarda guvohi bo‘layabmiz maydonlar talab darajasida emas. Lekin o‘yinlar darajasi o‘sganligini nimaga qarab aytsa bo‘ladi? Chempionat kutilmagan natijalarga boy bo‘ldi. Mayli, “Paxtakor” jamoasi hammadan ilgarilab ketdi. Buni tushunsa bo‘ladi. Ular har taraflama kuchli. Mana oxirgi turgacha uchinchi o‘rin uchun kurash davom etmoqda. Mana hozirgacha elitani kim tark etishi noma’lum. Bularning hammasi oxirgi turga kelib hal bo‘lishi hali kuzatilmagan edi, - dedi Berdiev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Бахтиер Бобоев
28/11/2019 14:06
Рузикул Бердиевга олтин туп. Мурабийлиги у.н Кашкадаре Ахли сиз б.н фахрланамиз. Олга Насаф
Sardor Asrarov
28/11/2019 23:40
Hurmatli Ruziqul aka siz Жамоа чиройли, мазмунли ўйин кўрсатмаётгандир аммо энг муҳими натижа учун ҳаракат қилишини эътиборга олсак жамоа анча шакилланди.deb aytibsiz Sug'diyonani,aka kechagi uyinda hafa bulmanggu sizni uyinchilarizdan chiroyli uyin kursatishdi Sug'diyona uyinchilar aka urilgan golga kelsak takror va takror kuring aka uyinchilariz qanday gol urganini ozgina haqiqatam kerak
&
JASUR3838
28/11/2019 22:11
Ruziqul aka bizga ligionir kirak zur bulsin yoshlani oldida olib yuradigan bollaga gap yu bu yil shu bolla chimpionatni titratadi hali omad nasafga
&
Surxon turon
28/11/2019 12:46
Тупир лига
&
Fc Bukhara
28/11/2019 11:43
Gap yöq zör mutaxasis ruziqul akaga omad.bushashmang