Ro‘ziqul Berdiev: "Mavsumdagi eng og‘ir o‘yinimizni o‘tkazdik"

  • 9 aprel, 2023, 21:34
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 5-turidan o‘rin olgan “Nasaf” – “Surxon” (3:2) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Mavsumdagi eng og‘ir o‘yinimizni o‘tkazdik. Uchinchi bellashuvdir-ki, raqibga imkoniyat qoldiryapmiz. Bunday bo‘lishi kerak emas. Muhimi, 3 ochkoni qo‘lga kiritdik.

“Surxon” bugun uzun paslar yordamida Nimelini to‘p bilan ta’minlashga harakat qildi. Jamoa oldingi uchrashuvlarda bunday harakat qilmagan edi. Himoyachilar liberiyalik hujumchini o‘tkazib yuborishdi, shunday bo‘lsa-da, asosiysi g‘alaba qozondik”, – dedi Berdiev.

O‘zPFL matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!