
Ro‘ziqul Berdiev mag‘lubiyatdan so‘ng nimalar dedi?
Superliga 20-tur “Nasaf” – “Buxoro” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Ro‘ziqul BERDIEV uchrashuv haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
- Bugungi bellashuv haqida nima deyish mumkin? Muxlislar oldida natija uchun aybdormiz. Buni hammamiz tushunib turimiz. Chunki oxirga paytlarda shijoatsiz o‘yin ko‘rsatayabmiz. Lekin yana bir jihatni aytib o‘tishim kerak, so‘nggi bellashuvlarda ko‘p himoyalanadigan jamoalarga qarshi o‘ynayabmiz. Ko‘pchilik bo‘lib himoyada o‘ynaydigan jamoaning himoyasini yorib o‘tishga imkoniyat topa olmayabmiz. Bu asosiy muammomiz bo‘lib qolayabdi. So‘ngi bellashuvlar shuni ko‘rsatayabdiki biz huddi hujumchilarsiz harakatlanayotgandekmiz. Bugungi uchrashuvda ham guvohi bo‘ldinglar “Buxoro” jamoasi himoyada o‘ynadi. Qarshi hujumlardan foydalanishga harakat qilishdi va buni uddalashdi. Yigitlarga bugungi bellashuv huddi shunday bo‘lishini ta’kidlagan edim va ulardan shoshilmasdan harakat qilishlarni tayinlagandim. Ammo birinchi bo‘limning o‘rtalarida futbolchilarmiz shoshilib harakat qila boshlashdi. Bu esa raqibimizning qarshi hujumda erkin harkat qilishiga imkoniyat yaratdi. Hisobda ortda qolishimizga qaramasdan butun jamoa bo‘lib bor e’tiborimizni hujumga qaratdik. Uchrashuvda yaratgan vaziyatlarmiz g‘alaba qozonishga kamlik qildi, - dedi Berdiev.
Fikrlar