Ro‘ziqul Berdiev: Chempionlarni ham shoshirib qo‘ydik

  • 24 noyabr, 2019, 01:29
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 24-turidan o‘rin olgan "Nasaf" hamda "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng qarshiliklar ustozi Ro‘ziqul Berdiev bellashuv borasidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

"Birinchi bo‘limda ozroq sust harakat qildik. Rejamiz bo‘yicha qarshi hujumlarda harkat qilishimiz kerak edi. Bir necha vaziyatlar ham yarata oldik ammo ulardan foydalana bilmadik. Buning ustiga ketma-ket ikkita gol o‘tkazib yubordik.

Ikkinchi bo‘limda vaziyatni o‘zgartirishga harakat qildik.  Birinchi bo‘limdan farqli o‘laroq ikkinchi bo‘limda ko‘rsatgan o‘yinimiz muxlislarga manzur bo‘ldi deb o‘ylayman. Chempion jamoani ham shoshirib qo‘ydik. Lekin raqibimiz salohiyati va mahorati jihatidan bizdan ustun. Shuning uchun ular bugun g‘alabaga erishishdi. Chempion jamoaga qarshi munosib o‘ynashga harakat qildik. Buning uchun futbolchilarga va bizni qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarga minnatdorchilik bildiraman", - deb Berdievning so‘zlarini keltirib o‘tdi klub rasmiy sayti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
HAMMAH STAR
24/11/2019 01:52
Berdiyv bunaqa gapirmadiku qogani qani gapirganini paxtakor 00000lar
Shaxboz Bekmurodov
25/11/2019 09:34
Nima degandi Berdiyev