Ro‘ziqul Berdiev: Chempionatdan ham ko‘ra kubok uchun kurash qizg‘in bo‘ladi

  • 23 iyul, 2020, 23:11
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, bugun O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichi uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Qur’a natijasiga ko‘ra, "Nasaf" bilan birgalikda «Surxon», «Qizilqum» hamda «Mash’al» jamoalari «B» guruhidan o‘rin oldi.

Tecno

Qarshiliklar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev klub matbuot xizmatiga qur’a haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- O‘zbekiston kubogi uchun bo‘lib o‘tgan qur’a tashlash marosimini kuzata olmadim. Chunki jamoamiz bilan kechki mashg‘ulotlarni olib borayotgandik. Qur’a natijalari bilan internetda tanishdim. O‘ylaymanki, guruhdagi jamoalar bir-birlariga mos tushishdi. Kubok uchun kurashlar murosasiz kechadi. Ko‘p jamoalar kubokni qo‘lga kiritishni o‘z oldilariga maqsad qilishadi. Bu yilgi futbol mavsumi shuni ko‘rsatayaptiki, ko‘p jamoalarning kuchlari tenglashgan. Shuning uchun kubok uchun bo‘ladigan kurash chempionatimizdan-da, qiziqarliroq bo‘ladi, - dedi Ro‘ziqul Berdiev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!