
Ro‘za Qo‘zieva - Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida kumush medalga sazovor bo‘ldi
Bundan biroz avval para pauerlifting bo‘yicha ayollar o‘rtasida -61 kg vazn toifasida hamyurtimiz Ro‘za Qo‘zieva ishtirokidagi final bahslari yakunlandi.
Quvonarlisi, Ro‘za 130 kg toshni bo‘ysundirgan holda kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu g‘alabadan so‘ng delegatsiyamiz hisobidagi medallar soni 7 taga etdi: 3 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza.
Fikrlar