
Roys Obameyangning rekordini takrorladi
Dortmundning “Borussiya” klubi yarim himoyachisi Marko Roys kecha Bundesliganing 23-turidan o‘rin olgan Myunxengladbaxning “Borussiya”siga (6:0) qarshi o‘yinda beshta golli uzatmani amalga oshirdi.
32 yoshli futbolchi o‘yinning 90-daqiqasida ikkita gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. Dortmundliklar sardori faoliyatida ilk bor Bundesliganing bir uchrashuvida beshta gol kiritilishida bevosita ishtirok etdi.
Roys bu borada 2016 yilda Per-Emerik Obameyang tomonidan o‘rnatilgan rekordni takrorladi.
Eslatib o‘tamiz, "Borussiya D" ayni damda Bundesliga musobaqa jadvalida 49 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar