
Roy Jonsga Mayk Tayson bilan jang uchun qancha gonorar taklif qilingandi?
Sobiq jahon chempioni Andre Uord 2003 yilda Mayk Tayson va Roy Jons o‘rtasida amalga oshmagan jang haqida gapirdi.
"Stolda Tayson bilan jang bo‘yicha taklif bor edi. Jonsga 40 million dollar atrofida kafolatlangan gonorar taklif qilingan. O‘sha vaqt Tayson yaxshi formada emasdi. Shunday bo‘lsa-da, u baribir xavfli edi. Bu borada promouterlar jiddiy ish olib borishgan. Biroq Roy ko‘proq pul talab qilganini eshitgandim”,-deya Uordning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Boxingnews24.
Ma’lumot uchun, 53 yoshli Tayson so‘nggi jangini 2005 yilda, 51 yoshli Jons esa, 2018 yilda o‘tkazgan.
Fikrlar