Rossiyalik insayder: Abbosbek Fayzullaev - TsSKAning yangi super iste’dodi

  • 1 avgust, 2023, 21:16
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Oxirgi paytlarda Abbosbek Fayzullaevning Rossiyaga yo‘l olgani borasida xabarlar tinmayapti. Ushbu transfer yuzasida “Paxtakor” klubi vakillari va xorijlik mutaxassislar fikr bildirmoqda. Bu gal rossiyalik insayder Dmitriy Klipin telegramdagi o‘zining sahifasida TsSKAning yangi haridi - Abbosbek Fayzullaev haqida o‘z qarashlarini bayon etdi.

Tecno

- TsSKAning yangi super iste’dodi Abbosbek Fayzullaev haqida fikrlar. Avvalo, aniqlik kiritmoqchimanki, yigit kelajak uchun olingan va avvalroq aytgan transferim amalga oshdi. Hammasi reja bo‘yicha. Kimni olib kelish kerak bo‘lsa, hamma keltiriladi.

Shartnomaning ba’zi tafsilotlari. Transfer 500 ming evroga tushadi. Shartnoma 3+1 ko‘rinishada.

uzb_tjk_sports_uz-58

Yigitni uzoq vaqtdan beri, jumladan, terma jamoa o‘yinlarida kuzatib borishdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun 19 yoshga to‘lganiga qaramay, u allaqachon uchta o‘yin o‘tkazib, hattoki gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Yaqinda Fayzullaev 20 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo kubogi turnirining eng yaxshi o‘yinchisi sifatida e’tirof etildi va uning jamoasi g‘alaba qozonib, jahon chempionatiga yo‘llanma oldi.

Katta iste’dod egasi sifatida tanilgan. U ajoyib birinchi teginish, hujumlarni tezlashtirish, epchil, texnik, yuqori tezlikka ega. Umuman olganda, muvaffaqiyatli xarid. Ammo qaytaraman, u kelajak uchun. Transfer kampaniyasi davom etmoqda, - dedi Dmitriy Klipin. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!