Rossiyada Paralimpiya o‘yinlari sovrindorlariga prezident stipendiyasi beriladi

  • 18 aprel, 2020, 21:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Endi Paralimpiya o‘yinlarining kumush va bronza medallari sovrindorlariga ham Rossiya federatsiyasi prezidenti stipendiyasi beriladi. Bu haqda mamlakat paralimpiya qo‘mitasi rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Tecno

Unga ko‘ra kumush medal sohiblari oyiga 39 ming rubl, bronza medali sohiblari esa 30 ming rubl miqdorida stipendiya olishadi. Bu hozirda sportchilik faoliyatini tugatgan va sobiq SSSR hamda 1992 yilgi qo‘shma jamoada Paralimpiya o‘yinlari sovrindori bo‘lgan sportchilarga nisbatan ham tadbiq qilinadi.

Agar sportchi ham kumush, ham bronza medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, u holda unga yuqori darajadagi medal uchun beriladigan stipendiya tayinlanadi.

Agar sovrindor sportchi dopinga tushib qolsa, unda u o‘sha doping sanktsiyasi nihoyasiga etgunicha stipendiyadan mahrum qilinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!