Rossiya va Qatar jahon chempionatini tashkil qilish bo‘yicha tajriba almashish uchun qo‘mita tuzishdi

  • 10 sentabr, 2019, 16:43
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qatar Airways kompaniyasi ijrochi direktori va Qatar milliy sayyohlik kengashining bosh kotibi Akbar Al-Baker mamlakat 2022 yilgi Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish uchun Rossiya tajribasidan foydalanish niyatida ekanligini aytdi.

Tecno

"Biz Rossiya tajribasidan, rossiyalik hamkasblarimizning tajribasidan ko‘p narsa olishimiz kutilmoqda.

Rossiya va Qatar vakillaridan iborat bo‘lgan qo‘mita tashkil etilgan, uning doirasida jahon chempionatini tashkil qilish bo‘yicha tajriba almashiladi," - dedi Al-Baker.

Unga ko‘ra, Qatar hukumati mamlakatni sayyohlik yo‘nalishi sifatida targ‘ib qilmoqda. Kelgusi yili Rossiya Qatarda ixtisoslashgan sayyohlik ofisini ochishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Qatarda bo‘lib o‘tadigan 2022 yilgi jahon chempionati 21 noyabrdan 18 dekabrgacha ettita shaharda: Doha, Lusail, Al-Vakra, Al-Xor, Al-Rayyan, Umm Salal va Madinat Ash-Shamalda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!