
Rossiya terma jamoasi sobiq futbolchisi: Maydonga ichib tushardim
Rossiya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Aleksey Smertin har bir o‘yinga vino ichib tushishga odatlanib qolganini aytdi.
“Men har bir o‘yindan oldin 2 bakal vino ichishga o‘rganib qolgandim. Bu normal holat. Chunki, bu hazm qilish faoliyatiga ijobiy ta’sir qiladi. Umuman olganda u juda mazali”, - deydi Smertin.
Ma’lumot uchun, Aleksey Smertin faoliyati davomida "Dinamo" Barnaul, "Zarya", "Uralan", "Lokomotiv", "Bordo", "Chelsi", "Portsmut", "Charlton", "Dinamo" Moskva hamda "Fulxem" klublaridan to‘p surgan.
Fikrlar