Rossiya kubogi. Yo‘ldoshev assist qayd etgan o‘yinda jamoasi penaltilar seriyasida zafar quchdi

  • 22 noyabr, 2022, 21:41
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya kubogi 5-turidan o‘rin olgan "Ximki" - "Nijniy Novgorod" uchrashuvi nihoyasiga etdi. O‘yinning asosiy vaqti durang bilan tugagani uchun tomonlar g‘olibni aniqlash uchun penaltilar seriyasiga murojaat etdi. Unda novgorodliklar 3:1 hisobida zafar quchdi.

Tecno

Birinchi bo‘lib mezbonlar vakili Aleksandr Rudenko hisobni ochdi. Bunga mehmonlar 65-daqiqada Viktor Aleksandrovning aniq zarbasi evaziga javob qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. E’tiborlisi, unga to‘pni Ibrohimhalil Yo‘ldoshev oshirib berdi. Penaltilar seriyasida Magomedov, Kalinskiy, Shiltsov hamda Aleksandrov 11 metrlik nuqtadan aniq zarba yo‘lladi.

Shu tariqa, novgorodliklar ochkolari sonini 10taga etkazib, onlayn jadvalda birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. So‘nggi pog‘onadagi ximkiliklar 1 ochko to‘plagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!