Rossiya kubogi. Legionerlarimiz jamoalari qay guruhdan joy oldi?

  • 18 avgust, 2022, 13:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya kubogi guruh bosqichida ishtirok etadigan jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, 16 jamoa 4 tadan shuncha guruhga bo‘lingan holda g‘oliblik uchun kurash olib boradi.

Tecno

Hamyurtimiz Ibrohimhalil Yo‘ldoshev to‘p tepadigan "Nijniy Novgorod" "A" guruhidan o‘rin olgan. Ularga bu guruhda "Krasnodar", "Lokomotiv" va "Ximki" jamoalari raqiblik qiladi.

Shuningdek, Rossiyadagi yana bir legionerimiz Hojimat Erkinov harakat qiladigan "Torpedo" "D" guruhidan joy oldi. Moskvaliklar "Sochi", "Ural" va TsSKA klublari bilan bahs olib boradi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!