
Rossiya Kubogi. Hojimat Erkinov zaxiradan maydonga tushgan uchrashuvda jamoasi oson g‘alabani qo‘lga kiritdi
Rossiya Kubogi guruh bosqichi doirasida "Sochi" hamda "Torpedo" jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Mazkur bellashuvda mehmonlar 3:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
Hamyurtimiz Hojimat Erkinov mazkur bellashuvning ikkinchi bo‘limida zaxiradan maydonga tushdi va o‘z hisobiga gol yoki assist yozdirib qo‘ya olmadi.
Shu tariqa, "Torpedo" "D" guruhida ochkolari sonini 3 taga etkazib olgan holda, 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Quyida guruhdagi vaziyat bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
Fikrlar