Ronda Rouzi: "Dana Uaytsiz UFC uchta bosh harfdan iborat oddiy promoushen bo‘lib qoladi"
Ayollar o‘ta engil vaznida UFC sobiq chempioni Ronda Rouzi promoushen prezident Dana Uayt haqida gapirib o‘tdi.
“Danasiz UFC da ruh qolmaydi. Men uni juda hurmat qilaman. Uayt ketganidan keyin MMA sanoatidagi eng yaxshi promoushen maqomi bo‘sh qoladi, deb o‘ylayman. Dana — bu UFC. U bo‘lmasa, bu faqat uchta bosh harfdan iborat oddiy promoushen bo‘lib qoladi. Uayt kompaniyasining imkon qadar muvaffaqiyatli bo‘lishini va maksimal darajada daromad topishini istaydi”, — deya amerikalikning so‘zlarini keltirdi "MMA Fighting" portali.
Eslatib o‘tamiz, Rouzi oxirgi jangini 2016 yil 30 dekabr kuni "UFC 207" turnirida Amanda Nunesga qarshi oktagonga chiqib, 1-raundda texnik nokautga uchragan edi.



Fikrlar