Ronaldusiz "Yuventus" ketma-ket ikkinchi o‘yinda mag‘lub bo‘ldi

  • 11 sentabr, 2021, 22:57
  • Karim Xudayqulov
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya A Seriyasi 3-turidan o‘rin olgan "Napoli" - "Yuventus" uchrashuvi o‘z yakuniga etdi. Qiziqarli kechgan bahsda turinliklar raqibga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. 

Tecno

O‘yinning 10-daqiqasida himoyachilarning xatosidan so‘ng Morata hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limning 57-daqiqasi o‘tib borayotgan bir paytda Politano muvozanatni tikladi. O‘yin yakuniga yaqin zaxiradan maydonga tushgan Moyze Kin avtogolga sababchi bo‘lib, raqib jamoani hisobda oldinga olib chiqdi. 

Shunday qilib, turinliklar ilk 3-turda bir ochko to‘plab, A Seriya turnir jadvalida 16-o‘rindan joy oldi. "Napoli" esa uch o‘yinda 100 foizlik natija bilan karvonboshilik qilmoqda.  

Eslatib o‘tamiz, "keksa senora" o‘tgan turda ham "Empoli"ga minimal hisobda mag‘lub bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
11/09/2021 23:36
Ювени атти қилдику бу Алегрре деган малун. Роналдуни қадрига етмади.
&
Турсун Ғани
11/09/2021 23:35
Ювени атти қилдику бу Алегрре деган малун. Роналдуни қадрига етмади.
&
Турсун Ғани
11/09/2021 23:35
Ювени атти қилдику бу Алегрре деган малун. Роналдуни қадрига етмади.