
Ronalduning yaqinlari hujumchiga saviyasi pastroq ligaga o‘tishni maslahat berdi
Aftidan, Krishtianu Ronalduning “Manchester Yunayted”dagi kunlari sanoqli qoldi. Portugaliyalik yulduzsiz jamoa yaxshiroq harakat qilmoqda. Futbolchi yaqinda echinish xonasiga o‘yin tugamasdan ketgani uchun diskvalifikatsiya qilindi. Ammo futbolchi maydonda bo‘lmasa-da, mankunianliklar yaxshi harakat qilmoqda.
"AS" nashri xabariga ko‘ra, Krishtianu Ronalduga yaqin odamlar hujumchi MLS kabi raqobat pastroq ligaga o‘tgani yaxshiroq ekanini aytishmoqda. Ochig‘i, portugaliyalikning saviyasi Premer-liga to‘g‘ri kelmaydi. Shu bois, qishki yoki yozgi transfer oynasi paytida hujumchi APL klubidan ketishi mumkin.
Fevral oyida Krishtianu Ronaldu o‘zining 38 yoshini nishonlaydi. "Transfermarkt" portali portugaliyalikni 20 million evroga baholamoqda.
Oldinroq "Chelsi" qishda Krishtianu Ronalduni sotib olishga urinib ko‘rishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar