
Ronalduning rekordini "Barsa" futbolchisi takrorladi
"Barselona" yarim himoyachisi Serxio Buskets La Liganing 28-turida "Malorka" (4:0) ga qarshi kechgan bahsda maydonga tushdi.
Mashhur jurnalist Pedro Martinning ma’lumotiga ko‘ra, Busketsning La Ligadagi uchrashuvlari soni 264 taga etdi va shulardan 200 tasida g‘alabaga erishgan. Shu tariqa, ispaniyalik futbolchi "Real"ning sobiq hujumchisi Krishtianu Ronalduning rekordini takrorladi.
La Ligada 200 marta zafar quchish bo‘yicha Lionel Messi ikkinchi o‘rinda turipti. Bu natijaga erishish uchun argentinalik forvardga 265 ta bahs kerak bo‘ldi.
Top-6 likdan Marselo va Karim Benzema (ikkisi ham "Real") – 272 ta o‘yin, Jerar Pike ("Barselona") – 273, Andres Inesta ("Barselona" sobiq a’zosi) – 288 va Jordi Alba ("Barselona") – 289 ta o‘yin bilan o‘rin olishgan.
Fikrlar