
Ronalduning jamoasi Vinisius va yana ikki yulduz uchun 400 million evro tikdi
Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubi kelasi mavsum oldidan tarkibini yulduz futbolchilar yordamida sezilarli darajada kuchaytirishga qaror qilgan.
Shayxlar Evropada porlayotgan uch nafar janubiy amerikalik yulduzlar uchun 400 million evro miqdorida mablag‘ tayyorlab qo‘ygani aytilmoqda.
Transfer qilinadigan o‘yinchilar ro‘yxatini “Real” hujumchisi Vinisius Junior egallab turibdi. “An-Nasr” braziliyalik to‘purar uchun 250 million evrodan ko‘proq pul tikishga tayyor.
Nishondagi qolgan ikki futbolchi Angliya Premer-ligasida o‘ynayapti. Ular joriy mavsumda “Chelsi” uchun alishtirib bo‘lmas o‘yinchiga aylangan ekvadorli Moyzes Kaysedo va “Arsenal”ning braziliyalik himoyachisi Gabriel Magalyaynsdir.
Transferlar bo‘yicha mutaxassislar “An-Nasr” o‘z safida ko‘rishni orzu qilayotgan uchala futbolchini olib kelish oson bo‘lmasligi va bu o‘ta murakkab jarayon ekanini ta’kidlamoqda.
Fikrlar