Ronalduni to‘xtatib bo‘lmayapti

  • 9 sentabr, 2024, 15:35
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"An-Nasr" va Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu ketma-ket oltinchi o‘yinda gol urdi.

Tecno

Hujumchi 8 sentyabr kuni terma jamoa safida Shotlandiya bilan o‘yinda zaxiradan maydonga tushdi va 88-daqiqada g‘alaba golini kiritdi - 2:1.

39 yoshli futbolchi yangi mavsumda "An-Nasr" safida to‘rtta o‘yinda gol urgan. Futbolchi Saudiya Arabistoni ligasida "Al-Feyha" va "Al-Raed"ga, mamlakat Superkubogi uchun "Al-Taavon" va "Al-Hilol"ga qarshi o‘yinlarda gol kiritishga ulgurdi. UEFA Millatlar ligasi doirasidagi dastlabki Xorvatiyaga qarshi o‘yinda ham portugaliyalik o‘zining 900-golini raqib darvozasi to‘riga joylab qo‘ygan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!