
Ronalduni “qonga belashdi” (foto)
“Everton” maydonidagi safar uchrashuvi “Manchester Yunayted” yulduzi Krishtianu Ronaldu uchun har tomonlama omadsiz bo‘ldi.
Kichik hisobda imkoniyatni boy bergan Ralf Rangnik shogirdlari Evropa Chempionlar ligasiga chiqish imkoniyatidan uzoqlashib ketdi. Ronalduning o‘zi raqib darvozasiga yo‘l topa olmadi.
Bundan tashqari, “Everton” futbolchilari portugaliyalik yulduzni ayab o‘tirgani yo‘q. “Gudison Park”dagi to‘qnashuvda mezbonlar Ronalduning oyog‘iga shu qadar ko‘p zarba berdiki, Krishtianu o‘yindan keyin qonagan va butsa izlaridan qolgan jarohatini namoyish qildi.
Krishtianu Ronaldu joriy mavsumda jami 34 ta uchrashuvda o‘z hisobiga 18 ta gol va uchta assist yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar