
Ronalduni haydagan MYu uning o‘rniga zo‘r nomzod topdi
"Manchester Yunayted" mavsumlar oralig‘ida o‘z tarkibini niderlandiyalik hujumchi Kodi Gakpo bilan kuchaytirmoqchi.
The Telegraph nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, ingliz klubi qishki transfer oynasida 23 yoshli futbolchi uchun PSVga 50 million evro taklif qilishni rejalashtirmoqda.
Manbaga ko‘ra, Gakpo o‘tgan oy klub rahbariyati va murabbiyini tanqid qilgan shov-shuvli intervyusidan so‘ng shartnomasi bekor qilingan Krishtianu Ronalduning o‘rnini egallashi mumkin.
Ma’lumot uchun, Kodi Gakpo joriy mavsum PSV safida Niderlandiya chempionatida jami 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar