Ronalduga zo‘r laqab qo‘yishdi

  • 11 sentabr, 2022, 19:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyaning AS nashri “Manchester Yunayted” muxlislari jamoa hujumchisi Krishtianu Ronalduga ajoyib laqab qo‘yishgani haqida xabar tarqatdi.

Tecno

Manbaning ta’kidlashicha, manchesterliklar futbol ishqibozlari portugaliyalik futbolchini “agent 007”, deb atashmoqda. Chunki Ronaldu yangi mavsumda ettita o‘yin o‘tkazib, birorta samarali harakatni amalga oshira olmadi.

Ronalduning mavsumoldi yig‘inini o‘tkazib, yuborgani o‘ziga qimmatga tushdi. Portugaliyalik yulduz agenti Jorje Mendesh unga Chempionlar ligasida qatnashadigan jamoa qidirayotgan paytda o‘z yurtida individual tarzda shug‘ullandi.

Portugaliyalik futbolchining manchesterliklar bilan hamkorligi mavsum oxirida yakunlanadi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Локо
12/09/2022 09:38
Роналду аввалги кучли жамоалари ёрдами билан "юлдуз" бўлган. Бошқа жамоада кимлиги кўриниб қоляпти. Хозирги жамоаси хам ёмон эмас, балки қариб қолганлиги сабаб ўзини кўрсата олмаяпти
Davronbek Mamadiyev
12/09/2022 02:49
Bechora klub tanlashda adashdi uzi bop klub sity yoki psj edi shayxlarni klubida uynaganda yaxshi yurardi undan kura eng zuri amerika chempionati u uchun