Premer-liga murabbiyi futbolni o‘zbeklardan o‘rganmoqchi!

  • 6 iyul, 11:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida birinchi bo‘lib futbol bo‘yicha jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Tecno

Bunga erishish uchun Eldor Shomurodov sardorligidagi futbolchilarimiz mintaqaviy saralash turnirining uchinchi bosqichida o‘z guruhida ikkinchi o‘rinni egallashi kifoya qilindi.

Hamyurtlarimizning tarixiy muvaffaqiyati hali hamon aks-sado bermoqda, nafaqat O‘zbekistondan, balki boshqa mamlakatlardan bu voqeaga munosabatlar hali ham tingani yo‘q.

Qozog‘iston Premer-ligasida ishtirok etayotnan “Okjetpes” jamoasi bosh murabbiyi Qayrat Nurdauletov O‘zbekiston milliy terma jamoasining jahon chempionatiga chiqishi zamirida ko‘p yillik mashaqqatli mehnat yotganini va bu borada qo‘shni mamlakatdan o‘rgansa bo‘ladigan jihatlar borligini ta’kidladi.

- Mening fikrimcha, O‘zbekiston  milliy terma jamoasining jahon chempionatiga chiqqani bir kunlik ish natijasi emas, balki bu juda katta va tizimli mehnat samarasidir. O‘ylashimcha, bu jarayon hatto besh-olti yilmas, balki o‘n yil davom etgan.

Bu faqatgina murabbiylar va futbolchilarning xizmatiga bog‘liq emas, O‘zbekiston futbol federatsiya, rasmiy shaxslar, bu sport turiga mas’ullarning ham mehnati bor. Eshitishimcha, bu mamlakatda futbol masalasi parlament darajasida ko‘tariladi va har tomonlama muhokama qilinali. Va bularning bari, O‘zbekistonda futbolga munosabat yaxshi ekani doim ko‘zga tashlanib turadi.

Shuning uchun ham terma jamoaning muvaffaqiyati syurpriz emas, katta hajmda amalga oshirilgan mehnat natijasidir.

Taqqoslash haqida nima deyish mumkin? Har doim shunday: o‘zbeklarni qirg‘izlarga, turkmanlarni tojiklarga solishtirishadi. Biz qo‘shnilarimizning  g‘alabalaridan xursand bo‘lishni istaymiz, ularning natijalariga intilishni xohlaymiz. Balki, u erlarga borib, o‘rganib ham kelish kerakdir, - dedi Qayrat Nurdauletov.

Ta’kidlash joizki, bugun Markaziy Osiyoning barcha davlatlarida futbol sezilarli darajada rivojlanib bormoqda. Osiyo miqyosidagi musobaqalarda ishtirok etayotgan O‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston va Qirg‘iziston terma jamoalari avvalgi yillardan yaxshiroq natijalar qayd etayotgani ko‘rinib turibdi.

Qozog‘iston esa, UEFA shafe’ligidagi musobaqalarda ishtirok etib kelmoqda.

Shunday bo‘lsa-da, O‘zbekiston qolgan qo‘shnilariga nisbatan kuchliroq ekani ko‘zga tashlanmoqda. Xususan, bugungi kunda Evropaning “top-5” ligalarida mintaqamizdan faqat o‘zbekistonlik futbolchilar to‘p tepmoqda.

Bu borada Eldor Shomurodov besh yildan beri Italiyada o‘ynayotgani, Abduqodir Husanov Angliya Premer-ligasida “Manchester Siti” sharafini himoya qilayotgani, Laziz Mirzaev Ispaniyaning “Leganes” klubi yoshlar jamoasida o‘zini ko‘rsatishga harakat qilayotganini misol tariqasida keltirish mumkin.

“Manchester Siti”: Ketgan yulduz o‘rnini Husanov bosa oladi!

Shomurodov transferida xavotirli holat yuzaga keldi

Mashhur futbolchi Husanovga yordam beradigan bo‘ldi

Fanatlar bosimi boshlandi: Gvardiola, Husanovni o‘ynatasanmi?

Fayzullaev braziliyaliklarning “jahli”ni chiqardi!

Gvardiolaga aynan Husanov etishmadi!

Husanov ko‘z o‘ngida “Manchester Siti” tarixiy rekord o‘rnatdi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!