Ronalduga undan nafratlanishimni aytdim!

  • 27 aprel, 2023, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” hujumchisi Paulo Dibala o‘zi bilan birga “Yuventus”da o‘ynagan Krishtianu Ronaldu bilan munosabatlari haqida gapirdi.

Tecno

- Bir marta samolyotda uchayotganimizda Krishtianu mening yonimga o‘tirdi. Suhbatimiz futboldan tashqari masalalar haqida ham bo‘ldi. Men unga avvalari undan nafratlanganimni aytdim.

Chunki men har doim Lionel Messini qo‘llab-quvvatlaganman. Biz bu holat bo‘yicha ancha kulishdik. Ronaldu bilan ham munosabatlarimiz juda yaxshi edi, - dedi Paulo Dibala.

Paulo Dibala Lionel Messi bilan birga Argentina terma jamoasi safida Qatarda o‘tkazilgan jahon chempionatida g‘olib chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!