Ronaldudan zo‘rlari bor...

  • 22 oktabr, 2024, 18:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Buyuk Britaniyaning Goal.com sayti Angliya Premer-ligasining XXI asrdagi eng zo‘r 25 nafar futbolchisini aniqladi.

Tecno

Unga ko‘ra, birinchi o‘rin «Arsenal»da porlagan frantsiyalik hujumchi Terri Anriga nasib qildi. Ikkinchi pog‘onaga «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Pol Skoulz joylashtirildi. Uning jamoadoshi bo‘lgan Ueyn Runi kuchli uchlikni yakunladi.

Ko‘pchilikning e’tiborini jahon futbolida eng ko‘p gol urgan Krishtianu Ronaldu sakkizinchi pog‘onadan o‘rin olgani tortdi.

Goal.com tuzgan reyting quyidagicha ko‘rinish oldi:

1. Terri Anri («Arsenal»).

2. Pol Skoulz («Manchester Yunayted»).

3. Ueyn Runi («Everton»/«Manchester Yunayted»).

4. Kevin De Bryoyne («Manchester Siti»).

5. Stiven Djerrard («Liverpul»).

6. Frenk Lempard («Chelsi»).

7. Muhammad Saloh («Liverpul»).

8. Patrik Vieyra («Arsenal»).

9. Krishtianu Ronaldu («Manchester Yunayted»).

10. David Silva («Manchester Siti»).

11. Serxio Aguero («Manchester Siti»).

12. Eden Azar («Chelsi»).

13. Vensan Kompani («Manchester Siti»).

14. Dide Drogba («Chelsi»).

15. Rodri («Manchester Siti»).

16. Rio Ferdinand («Manchester Yunayted»).

17. Djon Terri («Chelsi»).

18. Garri Keyn («Tottenxem»).

19. Erling Xoland («Manchester Siti»).

20. Virdjil van Deyk («Sautgempton»/«Liverpul»).

21. Petr Chex («Chelsi»).

22. Eshli Koul («Arsenal»/«Chelsi»).

23. Luis Suares («Liverpul»).

24. Sesk Fabregas («Arsenal»/«Chelsi»).

25. Yaya Ture («Manchester Siti»).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!