Ronaldudan zo‘r to‘rt futbolchi nomi ma’lum bo‘ldi

  • 14 aprel, 10:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentinalik mashhur hujumchi Serxio Aguero jahon futboli tarixidagi eng zo‘r o‘yinchilar ro‘yxatini tuzib chiqdi.  Aguero eng ko‘p gol urgan Krishtianu Ronalduni bu reytingga kiritmagani ko‘pchilikning e’tiborini tortdi.

Tecno

- Jahon futboli tarixidagi eng zo‘r o‘yinchilar kimlar? Bular Lionel Messi, Ronaldino, Pele va Diego Maradona, - dedi faoliyati davomida bir qator sovrinlarga ega chiqqan Serxio Aguero.

Shu o‘rinda, Agueroning tanlovi mashhur murabbiy Joze Mourinoniki bilan mushtarak chiqqani ham e’tiborli.

Portugaliyalik mutaxassis dunyo futbolidagi eng zo‘r charm to‘p ustalari sifatida Lionel Messi, Diego Maradona va uch karra jahon chempioni Peleni tan olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!